Soha yangiliklari

“GAP” ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Jamiyatda xotin-qizlarimizning o‘rnini, bilimini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish, qiziqish va layoqatiga qarab yo‘nalish tanlashga ko‘maklashish hamda ularga motivatsiya berish maqsadida 31 avgust kuni “GAP” ayollar IT-klubi doirasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan IT Park va Dlux bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun 30-avgustgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin (joylar soni cheklangan): https://forms.gle/YxGzfMohB8zFerMLA Eslatib oʻtamiz, “GAP” ayollar uchun IT-klub loyihasi ayollarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan. Klubning asosiy maqsadi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning IT sohasidagi savodxonligini oshirish hamda ularni IT sohasida o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Faylni tanlang