Soha yangiliklari

Azim Axmedxadjaev «Airbus Group» vitse-prezidentini qabul qildi

Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev «Airbus Group» korporatsiyasining Yevroosiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti Silver Delone bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekiston tomoni Yevropaning «Airbus Group» aerokosmik korporatsiyasiga qarashli «Airbus Defence & Space» kompaniyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniya harbiy va aerokosmik xizmatlarni ko'rsatuvchi, uskunalar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik muassasa hisoblanadi.

Uchrashuvda tomonlar kosmik tadqiqotlarni tashkil qilish, yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldilar.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang