my.gov.uz’da ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun yangi qulaylik yaratildi. Endilikda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan yosh oilalar turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun onlayn ariza yuborish mumkin.

Kompensatsiya miqdori qancha?
Mablagʻ 12 oygacha boʻlgan muddatga, har oy ijara toʻlovining 50 foizigacha miqdorda ajratiladi.
Bunda:
Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida: BHMning 3 baravarigacha;
⏺ Boshqa hududlarda: BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda.
Muhim: Kompensatsiya puli har oy ariza beruvchining ijtimoiy kartasiga oʻtkazib beriladi.
Rad etilishiga sabab boʻluvchi asosiy shart:
Ijaraga beruvchi (uy egasi) va ijaraga oluvchi (yosh oila) oʻzaro yaqin qarindosh boʻlsa, kompensatsiya ajratish avtomatik ravishda rad etiladi.
Ijara kompensatsiyasini oluvchi yosh oilalar 12 oy davomida quyidagi ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishlari lozim:
- Koʻngilli boʻlish: Volontyorlik loyihalarida qatnashish;
- Kitobxonlik: “Mutolaa” loyihasi doirasida har oy kamida 1 ta kitob oʻqish;
- Sport va sanʼat: “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi kamida bitta tanlov yoki musobaqada ishtirok etish.
Xizmatdan ortiqcha hujjatlarsiz va navbatlarsiz foydalanish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasi orqali onlayn ariza yuboring.
Ushbu foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham ulashing!