Soha yangiliklari

Fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Dastlab Vazir markaz faoliyati va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, yaqin kelajakda ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha taqdimot namoyish etildi. Ularning har biri bo‘yicha alohida muhokama o‘tkazilib, mavjud muammolar yechimi ko‘rib chiqildi. Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor. “IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, ­- dedi AKT vaziri Sh. Shermatov. Taqdimotda soha rahbari o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, bu boradagi mavjud muammolarni birgalikda o‘rganish va hal etish uchun zarurligini ham ta’kidladi.  
Faylni tanlang