
Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslaşuv xizmati, viloyat Içki işlar boşqarmasi hamda “Özkomnazorat” Inspeksiyasining Sirdaryo viloyati hududiy bölimi xodimlari hamkorligida radioçastota spektridan foydalaniş qoidalariga rioya etilişini ta’minlaş va noqonuniy radioelektron vositalardan (REV) foydalaniş holatlariga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazildi.
Tezkor tadbir davomida Guliston şahri hududida faoliyat yuritayotgan savdo majmualarining birida tegişli ruxsatnomalarsiz 15 dona "BEAST BRIGHT EB-398S" rusumli köçma ratsiya (radiostansiya)lardan noqonuniy ravişda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Uşbu harakat Özbekiston Respublikasining “Radioçastota spektri töğrisida”gi Qonuni talablarini buziş bilan bir qatorda, hududdagi muhim radioaloqa tarmoqlari hamda boşqa qonuniy xizmatlarning radioaloqa vositalariga zararli xalaqitlar keltirib çiqariş xavfini tuğdiradi.
Aniqlangan barça radioelektron vositalar içki işlar organlari xodimlari tomonidan amaldagi protsessual tartibda vaqtinça olib qöyildi (daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirildi). Mazkur holat yuzasidan REV egasiga nisbatan qonuniy çora köriş maqsadida hujatlar töplami sud organlariga topşiriş uçun tayyorlanmoqda.
Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX muhandisi J.Jurayev