"EMMM" DUK yangiliklari

"EMMM" DUK lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tashkil qilingan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda Davlat tilida ish yuritishga asoslangan kursida “EMMM” DUK xodimlari “ZOOM” dasturi orqali tahsil olishmoqda. Darslar juda qiziqarli hamda bahs-munozaraga boy o‘tmoqda.

 

 

 

RTM bo‘limi II-toifali muhandisi B.E.Abduraxmonov

Faylni tanlang