"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan Yakkasaroy tumanidagi “Boshliq” mahallasida mevali daraxtlar ekildi.

Statistik maʼlumotlarga koʻra, yer yuzining 20 foizi yashil hudud va oʻrmonlardan iboratdir. Ana shu daraxtzorlar bugun tiriklik olamini kislorod bilan taʼminlay oladigan muhim manbalardan biri sanaladi. Daraxtlar atrof-muhitning musaffo bo‘lishida ahamiyati juda katta, ya’ni daraxtlar karbonat angidridni  kislorodga aylantirib berib, chang-to‘zonni kamaytiradi, issiq kunda haroratni mo‘tadillashtiradi. Shuningdek, o‘simliklar o‘zidan zararli mikroblarni o‘ldiruvchi fitonsidlar ishlab chiqarib, atrofning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilaydi. Bir soʻz bilan aytganda daraxtlar hayot muvozanatini saqlab turadi. Agar ularga ziyon yetsa tabiatga, demakki, borliqqa putur yetadi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun bugun biz daraxtlarni asrab-avaylamogʻimiz lozimdir. Binobarin, Prezidentimizning ekologik holatni yaxshilash, daraxtzorlarni ko‘paytirish, “Yashil makon” umummilliy loyihalari orqali tabiatga alohida e’tibor qaratayotganini yurtdoshlarimiz, jumladan, “EMMM” DUK jamoasi ham astoydil qo‘llab-quvvatlayapti. Shu asnoda kuni kecha, korxonamiz xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani “Boshliq” mahallasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dolzarb 40 kunlik” tadbiriga asosan, navbatdagi 70 ta tup mevali daraxtlar mahalla atrofiga ekib chiqildi.

Faylni tanlang