"EMMM" DUK yangiliklari

"Elektromagnit moslashuvi markazi" Davlat unitar korxonasida ISO 9001: 2015 xalqaro standartining qayta sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o'tdi

Elektromagnit moslashuv markazining muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlash maqsadida, Sifat menejmenti tizimi, ISO 9001:2015 xalqaro standartining talablariga muvofiq ishlab chiqilgan va hujjatlashtirilgan.

2019 yil 20-23 may kunlari “CERT International” sertifikatlashtirish organi tomonidan "EMMM" Davlat unitar korxonasida qayta sertifikatlashtirish tekshiruvi o'tkazildi. Audit Bosh auditor - Umbetov Ruslan boshchiligida “EMMM” Davlat unitar korxonasi markaziy apparatida, shuningdek, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari EMMXda auditorlar guruhi tomonidan o'tkazildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan davr ichida auditorlar Korxonaning Sifatni Boshqarish Tizimini ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga, shuningdek, korxonaning boshqaruv tizimini samaradorligini baholashdi.

Korxonaning barqarorligiga ta'sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar aniqlandi va salbiy omillarning ta'sirini kamaytiradigan chora tadbir reja ishlab chiqildi.

Auditorlar sifat menejmenti tizimini saqlab qolish va yanada rivojlantirishda, raxbar va xodimlarning yuqori kasbiy, texnik bilim va tajribaga ega ekanligini, javobgarligini va majburiyatlarini alohida qayd etdilar. Infratuzilmani, texnik o'lchash vositalarini va dasturiy ta'minot mahsulotlarini takomillashtirishga intilish juda yuqori darajada ekanligi aloxida baxolandi.

Qayta sertifikatlash auditining natijalariga ko'ra: “EMMM” DUK - ISO 9001:2015 bo'yicha sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o'tdi.

 

Maqola muallifi: Sifat boshqarish xizmatining etakchi muhandisi - Sh.Ahunbaev

Faylni tanlang