"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda ISO 9001:2015 xalqaro standartining qayta sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o‘tdi

2022-yil 1-2-iyun kunlari “CERT International” sertifikatlashtirish organi tomonidan “EMMM” DUKda qayta sertifikatlashtirish tekshiruvi o‘tkazildi. Auditorlar guruhi – Sh.Yunusova, A.Gareeva, R.Aliyev, A.Biryukov, M.Mamadjanova tomonidan “EMMM” DUK markaziy apparati bo‘lim va xizmatlarida hamda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari Elektromagnit moslashuv xizmatlarida qayta sertifikatlash auditi o‘tkazildi.

Audit o‘tkazishdan maqsad Korxonaning sifat menejment tizimini ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga loyiqlik darajasini aniqlash, shuningdek, korxonaning boshqaruv tizimining samaradorligini baholashdan iboratdir.

Qayta sertifikatlash auditi natijasiga ko‘ra korxonada ish jarayoni sifatini yaxshilash bo‘yicha 4 ta tavsiya berildi.

Auditorlar sifat menejmenti tizimini saqlab qolish va yanada rivojlantirishda, rahbar va xodimlarning yuqori kasbiy, texnik bilim va tajribaga ega ekanligini, javobgarligini va majburiyatlarini alohida qayd etdilar. Infratuzilmani, texnik o‘lchov vositalarini va dasturiy ta’minot mahsulotlarini takomillashtirishga intilish juda yuqori darajada ekanligi alohida baholandi.

Qayta sertifikatlash auditining natijalariga ko‘ra “EMMM” DUK - ISO 9001:2015 bo‘yicha sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang