Soha yangiliklari

“UNICON.UZ” DUK xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan bugungi kunda soha rivoji uchun bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ - O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan “UNICON.UZ” DUKning Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish idorasi hamda Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markaziga shuningdek, Akkreditatsiya bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani hamkorligi, Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot va Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum kabi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish bo‘yicha yangi akkreditatsiya guvohnomalari taqdim etildi. Aytib o‘tish joizki, xalqaro darajada sinov o‘tkazish bo‘yicha yangi talablar va sinov metodlari o‘rganilib, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha me’yoriy hujjatlar bazasi takomillashtirilib, yangi zarur o‘lchov sinov vositalari xarid qilindi. Shuningdek, bugungi kunda “UNICON.UZ” DUKning Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish idorasi hamda Telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatlashtirish sinov markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan siyosatni amalga oshirish, me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish, standartlashtirish, metrologiya, telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarni sertifikatlashtirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z faoliyatini amalga oshirilmoqda.
Faylni tanlang