EMMM yangiliklari

Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyiga unutilmas sayohat

2026-yil 14-may kuni Jizzax viloyati EMMX xodimlari Jizzax shahrida joylashgan Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyiga tashrif buyurib, buyuk adiblarimizning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

photo2026-05-1511-38-25.jpg

Jizzax shahridagi 1902-yilda bunyod etilgan tarixiy “Xo‘ja Nuriddin” madrasasi binosi qayta rekonstruksiya qilinib, xalqimizning sevimli ijodkorlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida Hamid Olimjon va Zulfiya muzeyi tashkil etilgan. Sharqona me’morchilik an’analari mujassam bo‘lgan ushbu maskan bugungi kunda nafaqat muzey, balki ma’naviyat va ma’rifat markazi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

photo2026-05-1511-38-30.jpg

Tashrif davomida xodimlar muzey eksponatlari, noyob qo‘lyozmalar, shoir va shoira hayoti hamda ijodiga oid tarixiy fotosuratlar, kitoblar va shaxsiy buyumlar bilan tanishdilar. Ayniqsa, Hamid Olimjonning vatanparvarlik ruhidagi she’rlari va Zulfiya ijodidagi sadoqat, muhabbat hamda insoniylik g‘oyalari tashrif ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

photo2026-05-1511-38-36.jpg

photo2026-05-1511-38-42.jpg

Mazkur tashrif xodimlarning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yosh avlod qalbida ajdodlarimiz merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

photo2026-05-1511-38-47.jpg

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi     X.A.Israilov

Faylni tanlang