"EMMM" DUK yangiliklari

Hamkorlikda o‘quv seminari tashkil etildi

“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandida, Vazirlik va idoralarning Samarqand viloyat boshqarmalari bilan o‘quv seminarlari tashkil etish belgilangan. 

dsgsdgdfg.jpg

Ushbu rejaning bajarilishini ta’minlash maqsadida, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi O‘zkomnazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy sho‘basi va Samarqand viloyati EMMX xodimlari hamkorligida Samarqand viloyati Davlat bojxona boshqarmasi xodimlari uchun texnik o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘quv seminarda O‘zkomnazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy sho‘basi inspektori R.Karimov hamda Samarqand viloyati EMMX muhandislari A.Olmasov va B.Djaniyevlar o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

Texnik o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 2-3-ilovalari atroflicha muhokama qilindi.

Samarqand viloyati Davlat bojxona boshqarmasi xodimlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha mutaxassislari atroflicha va mazmunli javoblar berishdi. Bunday texnik o‘quv seminarlarining tashkil etilishi, Vazirlik va idoralarning Samarqand viloyatidagi boshqarmalari o‘rtasidagi hamkorlikda olib boriladigan ishlarning yanada mustahkamlanishiga olib kelmoqda.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi A.A.Olmasov

Faylni tanlang