"EMMM" DUK yangiliklari

HASHAR – XALQIMIZNING AZALIY VA ABADIY QADRIYATI

Har yili Navro‘z bayrami arafasida ayyomni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Hashar kunlarida odamlar orasida o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hamda aholi turar joylarini obod qilish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga ko‘tariladi.

Shu munosabat bilan 2023-yil 18-mart kuni Umumxalq xayriya hashari hamda Navro‘z bayramiga tayyorgarchilik maqsadida “EMMM” DUK tomonidan Yakkasaroy tumani “Boshliq” mahallasiga ko‘chat ekish va hashar ishlari olib borildi.

 

 

Jumladan, xodimlarimiz tomonidan mahalla hududlariga 15 tup mevali ko‘chatlar ekildi hamda ariqlar, ko‘chalar tozalanib obodonlashtirildi.

 

Shuningdek, “EMMM” DUK bo‘lim va xizmatlari birgalikda korxona hududida hashar ishlari olib borishdi. Xodimlar tomonidan ko‘chatlar ekildi, daraxtlar oqlandi, yerlar chopildi yana ko‘plab ishlar bajarildi. Ushbu hashar barchani bir yerda jamlab mehr-oqibatni yanada kuchaytirib, samimiylikni, vatanparvarlik tushunchasini kuchaytirdi. Zero, bu jannatmakon yurt barchamizniki uni asrab avaylab ardoqlash bizning qo‘limizda, yashab turgan joyimizni tozalash unga mehr berish burchimizdir. Ozoda yerga farishtalar keladi deganlaridek, hashar orqali korxona hududini yanada fayzu tarovati oshirildi.

Shu o‘rinda hasharda faol qatnashgan barcha xodimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 


 



 


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang