my.gov.uz orqali bu oson: qog‘ozbozlik yo‘q, hammasi onlayn!
Endilikda Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga ariza berish yanada osonlashdi!
Onlayn ariza berish uchun:
my.gov.uz portaliga kirasiz va ro‘yxatdan o‘tasiz.
Tegishli xizmatni tanlaysiz. (https://my.gov.uz/uz/service/1193)
Shartlarni o‘qib, so‘ralgan ma’lumotlarni to‘ldirasiz.
Hamma ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, “Yuborish” tugmasini bosasiz.
Xizmatning qulayligi shundaki, uydan chiqmasdan ariza berib, vaqtingizni tejaysiz. Barcha jarayonlar ochiq va shaffof ekanligiga guvoh bo‘lasiz.
Muhim eslatma!
Arizada keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligiga nomzodning o‘zi shaxsan javobgardir.
Soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilsa, talabgor saralashdan chetlashtirilishi mumkin.
Yo‘llangan ariza va ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan qonunchilikda belgilangan muddatda o‘rganilib, natijasi talabgorga elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Vatan himoyasi - sharafli burch! my.gov.uz portali bu yo‘lda sizga omad tilaydi!