Soha yangiliklari

Huawei Technologies kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti bilan istiqboldagi hamkorlikning yangi yo‘nalishdagi rejalari muhokama qilindi

Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Huawei Technologies Co. Ltd. kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Yi Siyan (Yi Xiang) bilan telekommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ushbu yo‘nalishlarda ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan hamkorlik natijalari va istiqboldagi hamkorlikning yangi yo‘nalishdagi rejalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda mavjud mobil aloqa operatorlari bilan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha kompaniya tomonidan hisobot berildi. O‘z navbatida, kompaniya rahbariyati ta’lim yo‘nalishida va xizmatlar eksportini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Faylni tanlang