Soha yangiliklari

Hurmatli foydalanuvchilar!

2024-yilning ilk kunlarida biz sizlarga mamnuniyat bilan my.gov.uz orqali (YIDXP) koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 570 tadan oshganini maʼlum qilamiz.

Maʼlumki, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining asosiy maqsadi – yurtimizda biznes muhitini yaxshilash, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya qilishdan iboratdir.

Shuningdek, biz aholining talab va istaklarini inobatga olgan holda, ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda maksimal qulaylikni taʼminlashga intilamiz.

Davlatimiz rahbarining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (https://www.lex.uz/uz/docs/6472548) doirasida 2023-yil yakunigacha Yagona portal orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish maqsad qilingan edi. 

Bugun biz ushbu natijaga erishganimizni faxr bilan tilga olamiz. 2023-yil davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 205 ta yangi xizmatlar joriy qilinib, jami xizmatlar soni 575 taga yetdi.

Faylni tanlang