Soha yangiliklari

ICT Week Uzbekistan: raqamli biznes yetakchilari nima haqida gapirishadi

22–25-sentabr kunlari Toshkentda “ICT Week Uzbekistan 2026” boʻlib oʻtadi.

Bu yil Uzum, Oʻzbekistonning milliy raqamli ekotizimi va mamlakatning birinchi IT-yakkashoxi tadbirning bosh hamkori sifatida ishtirok etmoqda.

Kompaniya jismoniy va yuridik shaxslar uchun e-commerce, fintex va bank servislarini birlashtirib, Oʻzbekiston raqamli iqtisodiyotining texnologik infratuzilmasini shakllantirmoqda.

Hafta davomidagi biznes dasturi doirasida Uzum spikerlari oʻz tajribasini oʻrtoqlashadi va mamlakat raqamli transformatsiyasining keyingi bosqichi qanday boʻlishini muhokama qiladi:
 

Kevin Handa, Uzum CTO & CPO
Nikolay Seleznyov, Uzum hamasoschisi, strategiya va biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori
Ruslan Namazov, Uzum E-commerce CTO & CPO

Bundan tashqari, 24-sentabr kuni haftalik doirasida Uzum bozor yetakchilari ishtirokida “Sanoatdan platformalarga: texnologiyalar o'sish iqtisodiyotini qanday o'zgartirmoqda” mavzusidagi oʻz panel sessiyasini oʻtkazadi.

Ishtirokchilar texnologiyalar oʻsish mantigʻi va iqtisodiyot tuzilmasini qanday oʻzgartirayotganini muhokama qilishadi.

CAEx Uzbekistan
22–25-sentabr.

Ro‘yxatdan o‘ting

CAEx Uzbekistan’ga transport jadvali

Faylni tanlang