O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng muhim va nufuzli tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 joriy yilda yana bir bor mamlakatning raqamli taraqqiyot kun tartibini belgilaydigan yirik xalqaro maydonga aylanishi kutilmoqda.

2004-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi — ICTWeek yillar davomida mamlakatning AT sohasidagi eng muhim voqealaridan biri sifatida shakllandi. Tadbir har yili soha vakillari, davlat tashkilotlari, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, investorlar, startaplar, IT mutaxassislari hamda texnologiyalarga qiziquvchi keng auditoriyani bir maydonda birlashtirib kelmoqda.
ICTWeek’ning asosiy maqsadi — tajriba va bilim almashish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni namoyish etish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda raqamli iqtisodiyotning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun xalqaro platforma yaratishdan iborat.
Shu bilan birga, tadbir O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan AT bozorini xalqaro hamjamiyatga tanitish, xorijiy investorlar va texnologik kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlarni namoyish etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu ko‘rsatkichlar ICTWeek’ning nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida ham IT sohasining muhim muloqot platformalaridan biriga aylanib borayotganini ko‘rsatadi.
Tadbir doirasida turli sohalarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‘z mahsulot va texnologiyalarini taqdim etish, yangi hamkorlar topish, investorlar bilan muloqot qilish va xalqaro bozorlarga chiqish bo‘yicha imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
ICTWeek 2026: yanada katta ko‘lam va yangi imkoniyatlar
Joriy yilda esa ICTWeek yanada keng ko‘lamda o‘tkazilishi kutilmoqda.
50 dan ortiq mamlakatdan 25 mingdan ziyod ishtirokchi, 300 dan ortiq kompaniya va minglab potensial biznes vakillari tadbirda ishtirok etishi prognoz qilinmoqda.
Bu esa ICTWeek 2026’ni nafaqat texnologiyalar namoyishi, balki biznes, investitsiya, startaplar va xalqaro hamkorlik uchun yirik maydonga aylantirishi kutilayotganidan dalolat beradi.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan texnologik kompaniyalar, IT mutaxassislari, investorlar va tadbirkorlar ishtirok etishi O‘zbekistonning global raqamli ekotizimdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sun’iy intellektdan raqamli transformatsiyagacha
ICTWeek 2026 kun tartibida raqamli iqtisodiyotning eng dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari o‘rin olishi kutilmoqda.
Jumladan, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, fintex, kiberxavfsizlik, elektron hukumat, bulutli texnologiyalar, telekommunikatsiyalar, startaplar va innovatsion texnologiyalar kabi yo‘nalishlar sohaning kelajagini belgilab beradigan asosiy mavzular sifatida maydonga chiqadi.
Bugun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar nafaqat AT sohasining, balki iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, ICTWeek kabi xalqaro maydonlar yangi texnologiyalarni muhokama qilish bilan birga, ularni amaliyotga joriy etish, biznes jarayonlarini transformatsiya qilish va yangi raqamli xizmatlarni yaratish uchun muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.
Biznes va investorlar uchun yangi maydon
ICTWeek’ning muhim jihatlaridan biri — tadbirning texnologiyalar ko‘rgazmasi bilan cheklanib qolmasligi.
Hafta davomida B2B uchrashuvlar, investitsiyaviy muloqotlar, startaplar taqdimotlari, biznes uchrashuvlar va professional netvorking uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Bu esa mahalliy kompaniyalarga xorijiy hamkorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, o‘z mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish va yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.
Xorijiy investorlar uchun esa ICTWeek O‘zbekistonda shakllanayotgan zamonaviy AT ekotizimi, texnologik kompaniyalar va investitsiyaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish uchun qulay maydon vazifasini bajaradi.
Ayniqsa, startaplar uchun bunday tadbirlar yangi investitsiyalarni jalb qilish, mentorlar va hamkorlar topish hamda o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekistonning raqamli salohiyati xalqaro maydonda
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda AT sohasi jadal rivojlanib, raqamli iqtisodiyot mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda.
IT Park ekotizimining kengayishi, eksportga yo‘naltirilgan IT kompaniyalar sonining ortishi, startaplar uchun yangi imkoniyatlarning yaratilishi va raqamli davlat xizmatlarining rivojlanishi O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi salohiyatini oshirmoqda.
Shu jarayonda ICTWeek’ning ahamiyati yanada ortib bormoqda. Chunki tadbir mamlakatda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish, xorijiy texnologiya va investitsiyalarni jalb qilish hamda mahalliy AT kompaniyalarni global bozor bilan bog‘lash uchun muhim ko‘prik vazifasini bajaradi.
Bir hafta — ko‘plab imkoniyatlar
ICTWeek’ni boshqa texnologik tadbirlardan ajratib turadigan muhim jihatlardan biri — u birgina konferensiya yoki ko‘rgazma emas, balki bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradigan yaxlit texnologik hafta hisoblanadi.
Bu ishtirokchilarga bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlardagi tadbirlarda qatnashish, yangi texnologiyalar bilan tanishish, ekspertlar fikrini eshitish, biznes aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorlik loyihalarini boshlash imkonini beradi.
Shu ma’noda ICTWeek 2026’ni nafaqat AT mutaxassislari, balki tadbirkorlar, investorlar, startap asoschilari, talabalar va raqamli texnologiyalarga qiziquvchi barcha uchun muhim maydon sifatida baholash mumkin.
Texnologiyalar emas, imkoniyatlar haftaligi
Bugun texnologiyalar juda tez o‘zgarmoqda. Yangi sun’iy intellekt modellari, raqamli xizmatlar, avtomatlashtirish vositalari va innovatsion yechimlar qisqa vaqt ichida butun bir sohalarni o‘zgartirmoqda.
Shunday sharoitda ICTWeek’ning vazifasi faqat yangi texnologiyalarni namoyish etish emas. Uning eng muhim vazifalaridan biri — texnologiyalarni insonlar, biznes va iqtisodiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarga aylantirish.
ICTWeek 2026 ham aynan shu maqsad atrofida davlat, biznes, investorlar va texnologik hamjamiyatni birlashtirib, O‘zbekistonning raqamli kelajagi uchun yangi g‘oyalar, yangi hamkorliklar va yangi loyihalarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
50 dan ortiq mamlakat, 300 dan ziyod kompaniya va 25 mingdan ortiq ishtirokchi — bu shunchaki raqamlar emas. Bu O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va AT tadbirkorlikka bo‘lgan xalqaro qiziqish tobora ortib borayotganining ko‘rsatkichidir.
ICTWeek 2026 esa ana shu imkoniyatlarni bir nuqtada jamlab, O‘zbekistonni mintaqadagi zamonaviy texnologiyalar, investitsiyalar va raqamli innovatsiyalar markazlaridan biri sifatida namoyon etishga xizmat qiladi.
ICTWeek 2026’da ishtirok eting!
Toshkent, Uzbekistan
22–25 sentabr, 2026 yil
CAEx
ICT sohasidagi eng yirik xalqaro tadbirlardan biri — ICTWeek Uzbekistan 2026 ishtirokchilarini kutib qoladi.
ICTWeek 2026 ishtirokchisi bo‘lish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
Tel.:+998 (55) 511 07 77