Soha yangiliklari

IELTSdan yuqori ball toʻplab, sarflangan pulni ortiqcha ovoragarchiliksiz qaytarib olish mumkin!

Bugungi kunda IELTS, TOEFL, GMAT kabi xalqaro imtihonlarda oʻzini sinab koʻrishni xohlaydigan yoshlar koʻp. Qolaversa, yurtimizda bilimga chanqoq yoshlar uchun talay imkoniyatlar yaratilgan.

sliderFaqat yoshlarimiz bu sharoitlardan vaqtida xabardor boʻlib, oʻrnida foydalanib qolishlari kerak.

Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplaganlarga imtihon topshirish xarajatlarining toʻliq qoplab berilishi esa ana shunday zoʻr imkoniyatlardan biri.

Arizaning my.gov.uz portali orqali onlayn topshirilishi katta qulaylik yaratadi.

Ushbu imkoniyatdan imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs nomidan murojaat qilgan qonuniy vakillar foydalanishlari mumkin.

Buning uchun:

Elektron tarzda ariza berish va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qilish lozim:

  • Imtihon topshirish xarajati to‘langanini tasdiqlovchi to‘lov kvitansiyasi (pdf formatda);
  • Maxsus sertifikat (pdf formatda);
  • Ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

My.gov.uz ( https://my.gov.uz/uz/service/413 ) orqali murojaat etilganda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab qilinmaydi.

Faylni tanlang