"EMMM" DUK yangiliklari

Industrial nurlanishlarning darajasi amaldagi standartlarga mosligi boʻyicha oʻlchash ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 499-son qarorining 3-ilovasi “Industrial radioxalaqitlardan radiochastota spektrini himoya qilish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, 2024-yil iyun oyi uchun tuzilgan reja boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan industrial radioxalaqitlar tarqatishi mumkin bo‘lgan manbalardan chiqayotgan nurlanishlar darajasini o‘lchash boʻyicha radiomonitoring olib borildi. 

sdgsge.jpg

Tasdiqlangan rejaga muvofiq Nukus shahrida joylashgan elektr uzatish linyalari 110 kV hamda nim stansiyalar (110/35/10 kV “Oraylik”, “Shadlik” va “Kattagar”)ning industrial radioxalaqitlar darajasini GOST 22012-82 standarti normalariga mosligi boʻyicha tegishli oʻlchash ishlari oʻtkazildi.

    

        Industrial radioxalaqitlar tarqatishi mumkin bo‘lgan manbalardan chiqayotgan nurlanishlar darajasi amaldagi standartlarga mosligi boʻyicha oʻlchash ishlari respublika hududi boʻylab doimiy ravishda olib borilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

EMMX muhandisi A.Matyakubov

Faylni tanlang