"EMMM" DUK yangiliklari

INDUSTRIAL RADIOXALAQITLAR

Axborot texnologiyalari sohasi rivojlanayotgan hozirgi zamonda sifatli radioaloqaga salbiy ta’sir qiluvchi ko‘plab radioxalaqitlar uchraydi. 

Shuni aytish kerakki industrial radioxalaqitlar shular jumlasidan bo‘lib, ular asosan radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlardir.

Radiochastota spektrini industrial radioxalaqitlardan himoya qilish va ularni oldini olish bo‘yicha ishlar “EMMM” DUK (va viloyat EMMXlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan viloyat hududida radiochastota spektrini industrial radioxalaqitlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan manbalaridan himoya qilish maqsadida muntazam ravishda radiomonitoring va o‘lchov ishlari olib borilmoqda.

sdgfhgsfgfsffsf960x1226.jpg

Xususan, viloyatdagi transformator nimstansiyalari va yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridagi  industrial radioxalaqitlarning mumkin bo‘lgan manbalariga qo‘yiladigan talab va me’yorlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan davlat standartlari talablariga mosligi bo‘yicha o‘lchash ishlari olib borildi.

 

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 

 2-toifali tarmoq muhandisi Islamov J.

Faylni tanlang