Soha yangiliklari

O‘zbekistonlik tadqiqotchining innovatsion ishlanmasi KIWIE-2026 xalqaro tanlovida oltin medal bilan taqdirlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti assistenti, tayanch doktarant Uralova Iroda Abduvali qizi Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi” — KIWIE-2026 xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

KIWIE — dunyoning turli mamlakatlaridan xotin-qiz ixtirochi va innovatorlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro tanlovlardan biri bo‘lib, unda zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi. 


Tanlovning rasmiy natijalariga ko‘ra https://kiwie.or.kr/eng/, tadqiqotchi Uralova Iroda Abduvali qizi tomonidan taqdim etilgan innovatsion ishlanmasi Oltin medal bilan taqdirlandi.

Faylni tanlang