"EMMM" DUK yangiliklari

O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Musahanov Mirzayusuf Mirzamahmudovich bilan seminar-treningi bo'lib o'tdi

2018 yil 6 fevralda Toshkent texnik radionazorat stansiyasi hududida korxona xodimlarining O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Musahanov Mirzayusuf Mirzamahmudovich bilan seminar-treningi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Mirzayusuf Mirzamahmudovich yadro fizikasining rivojlanishi va yadroviy energiyani tinch maqsadlar uchun ishlatish haqida hikoya qildi. Shuningdek, yadroviy energiya va uning potentsial xavflarini hamda qo'llashning afzalliklari muhokama qilindi. Katta qiziqish bilan yadrolar va elementar zarralar fizikasi, qattiq hol fizikasi, faollashuv tahlillari va radiokimyo, ilmiy asbobsozlik va boshqa bir qator dolzarb ilmiy yo'nalishlarda zamonaviy fundamental va amaliy tadqiqotlar mohiyati haqida ma’ruza tinglandi.

Akademik M. Musahanov seminar-treningni interfaol tarzda olib bordi, bu esa hodimlarning yuqoridagi mavzuga yanada qiziqishini oshirdi.

Natijada savol-javob ruhida bo‘lgan seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tdi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Muallif – RTMB muxandisi Ishanhodjaev O.

Faylni tanlang