"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining rivojlanish tarixi

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining tashkil etilishi o‘tgan asrning 70-yillariga borib taqaladi. Oʻsha yillarda Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati Oʻzbekiston SSR Aloqa vazirligining Sirdaryo viloyati ishlab chiqarish-texnika aloqa boshqarmasi (IChTAB) tarkibiga kiruvchi Sirdaryo viloyati Davlat elektraloqa inspeksiyasi (DEI) deb atalgan. 1970-yillar boshida ishlab chiqarish-texnika aloqa boshqarmasining Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshligʻi lavozimi joriy etildi. Natijada Qosimov Solijon aka Sirdaryo viloyati DEI IChTAB boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, hududiy bo‘linmamizning yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. Qosimov Solijon aka ushbu lavozimda 1976-yilgacha ishlaganlar.


 

Shuni ta’kidlash kerakki, SSSR Vazirlar Kengashining 1972-yil 3-avgustdagi 587-son qarori bilan SSSR Aloqa vazirligi tizimidagi Davlat elektraloqa inspeksiyasi organlariga radioelektron vositalarni noqonuniy ravishda sotib olish, o‘rnatish, qurish va ulardan foydalanish, radiochastotalardan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, shuningdek, radionurlanish hamda radioqabul qilishda yo‘l qo‘yilgan sanoat radioxalaqitlarining me’yor talablari bajarilmaganda ma’muriy komissiyalarga murojaat qilmasdan jarima solish huquqi berilgan. Bunda jarima solish SSSR Aloqa vazirligining Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshlig‘i, ittifoq respublikalari aloqa vazirliklarining davlat elektraloqa inspeksiyalari rahbarlari hamda viloyat, mintaqaviy va respublika elektraloqa inspeksiyalarining rahbarlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu hujjat ittifoq respublikalari viloyatlarining Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshliqlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima solish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etgan.

1976-yildan 1980-yilgacha Yugay Anatoliy Ivanovich Sirdaryo viloyati DEI IChTAB boshlig‘i bo‘lganlar.


 

O‘sha vaqtlarda korxonada katta muhandis Bichuk Ivan Semyonovich va muhandis Shin Valeriy Vasilyevichlar faoliyat yuritishgan. Bu davrda Sirdaryo viloyati hududida yuzlab radioelektron vositalar (REVlar), shu jumladan radiohavaskorlik xizmatining REVlari mavjud bo‘lib, ularning egalariga ushbu REVdan foydalanish huquqini beruvchi tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtirib berilgan.


 

Ishlarni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyati shunday bo‘lganki, bunda Ittifoq respublikalari viloyatlarining Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshliqlari SSSR Aloqa vazirligining Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshlig‘iga bevosita (to‘g‘ridan-tog‘ri) bo‘ysinish tamoyili asosida faoliyat yuritishgan. Ushbu omil Ittifoq respublikalari viloyatlaridagi Davlat elektraloqa inspeksiyasi boshliqlari lavozimiga radioaloqa sohasida va REVlarning elektromagnit moslashuvini taʼminlash boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlgan eng tajribali mutaxassislarni tayinlashda muhim ahamiyat kasb etgan.

1980-yildan 1988-yilning sentabr oyigacha Bichuk Ivan Semyonovich Sirdaryo viloyati DEI IChTAB boshlig‘i bo‘lganlar.


 

Shuni ta’kidlash kerakki, avval I.S. Bichuk professional radiohavaskor bo‘lgan, o‘z kasbiga o‘zgacha mehri, sevimli ishiga sadoqati bilan sohaning boshqa mutaxassislaridan ajralib turar edi.


 


 

Radiochastota spektri monitoringi samaradorligini oshirish, radioxalaqitlarning manbalarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha vazifalarini o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, noqonuniy REVlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish maqsadida 1982-yil fevral oyida Sirdaryo viloyati DEI IChTABga “UAZ” avtomashinasiga o‘rnatilgan “Luch” ko‘chma pelengatsiya stansiyasi ajratildi.


 

Ushbu davrning o‘ziga xos xususiyati shundaki, nafaqat idoraviy tashkilotlarda, balki Sirdaryo viloyatining barcha jamoa xo‘jaliklarida (kolxozlarida) REVlarning umumiy soni sezilarli darajada ko‘paygani hisoblanadi. Toshkent elektrotexnika aloqa institutining bitiruvchilari, yosh mutaxassislar - Xojaniyazov Ilhambay Axmedovich, Ziyatdinov Muhammad-Amin Mirzajоnovich, Kolesnichenko Yekaterina Eduardovna, shuningdek, elektromexanik-haydovchi Shin Lev Sergeyevichlar tomonidan radiomonitoring bo‘yicha vazifalarni o‘z vaqtida bajarish maqsadida faol chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

1988-yil 1-yanvarda Radioelektron vositalarning Elektromagnit moslashuvi markazi tashkil etilgan va shu vaqtdan boshlab Sirdaryo viloyati Davlat elektraloqa inspeksiyasi Sirdaryo viloyati ishlab chiqarish-texnika aloqa boshqarmasi (IChTAB) tarkibidan chiqib ketgan.

O‘zSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1988-yil 6-sentabrdagi Farmoniga asosan Samarqand va Navoiy, shuningdek, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari birlashtirilgan edi.

1988-yil 19-sentabrda Xojaniyazov Ilhambay Axmedovich Jizzax viloyati Davlat elektraloqa inspeksiyasi (DEI) boshlig‘i etib tayinlandi.


 

1988-yil 1-oktabrda I.A.Xojaniyazov Sirdaryo viloyati DEI boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi va 1989-yil 19-yanvarda Sirdaryo viloyati DEI boshlig‘i etib tasdiqlandi. 1990-yilning mart oyigacha I.A.Xojaniyazov Sirdaryo viloyati DEIga rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yana bo‘lingan va 1997-yil noyabr oyigacha I.A.Xojaniyazov Sirdaryo viloyati DEIga rahbarlik qilgan. Ko‘p yillik fidokorona mehnati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun I.A.Xojaniyazov “O‘z kasbining ustasi” unvoniga sazovor bo‘lgan va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan.


 

1997-yil noyabr oyidan 2005-yil yanvar oyigacha Ziyatdinov Muhammad-Amin Mirzajonovich Sirdaryo viloyati EMMX boshlig‘i bo‘lganlar.

Ko‘p yillik fidokorona mehnati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun M.M. Ziyatdinov O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan va “Mohir aloqachi” unvoniga sazovor bo‘lgan.


 

1998-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi, unga ko‘ra O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining radiochastota organining vazifalari “EMMM” DUKga yuklatilgan. Shu vaqtdan boshlab rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi, ya’ni korxonamizning yangi funksiya va vazifalari belgilab berildi va Sirdaryo viloyati Davlat elektraloqa inspeksiyasi Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmatiga aylantirildi. O‘sha yillarda Sirdaryo viloyati hududidagi barcha REVlarni to‘liq qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Korxonaga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan bajarish maqsadida Sirdaryo viloyati EMMXga “Damas” avtomobili ajratildi. Bajariladigan ishlar hajmi har yili o‘sib bordi, uyali aloqa tizimlari rivojlandi, idoraviy tashkilotlarda radiostansiyalarning soni ko‘paydi, uzoq masofali radiotelefonlar va radiouzatkichlar aholi orasida ommalashdi. Sirdaryo viloyati EMMX jamoasiga yangi xodimlar ishga qabul qilindi.

1997-yil 4-noyabrda Xodjayev Berdali Yuldashevich Sirdaryo viloyati EMMXga haydovchi lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2000-yil 1-martda Masaitov Erkin Isakdjanovich Sirdaryo viloyati EMMXga 1-toifali muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

Ko‘p yillik fidokorona mehnati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun E.I. Masaitov “O‘z kasbining ustasi” unvoniga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlangan va “Mohir aloqachi” unvoniga sazovor bo‘lgan.


 

2002-yil iyul oyida Xidirov Baxodir Irgashevich Sirdaryo viloyati EMMXga 2-toifali muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2003-yilda Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi Xojaniyazov I.A. Buxoro viloyati EMMX boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va 2005-yil yanvar oyigacha shu lavozimda ishladi.

2004-yil dekabr oyida Raimdjanov Jahongir Sidikovich Sirdaryo viloyati EMMXga 2-toifali muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi.


 


 

2005-yil yanvar oyida Sirdaryo viloyati EMMX boshlig‘i M.M.Ziyatdinov “EMMM” DUKning Radiomonitoring xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.


 

2005-yil yanvar oyida Buxoro viloyati EMMX boshlig‘i I.A.Xojaniyazov Sirdaryo viloyati EMMX boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.


 


 

2005-yil may oyida Nishanbayev Nematjon Bobojonovich Sirdaryo viloyati EMMXga 2-toifali muhandis lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2007-yil iyul oyida Soliyev Usmonjon Maxmanabiyevich Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2007-yilda “Rohde&Schwarz” kompaniyasining yangi radiomonitoring tizimida o‘lchovlarni amalga oshirishni o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov “EMMM” DUK va viloyatlar EMMX vakillaridan iborat guruh tarkibida amaliyot o‘tash uchun Germaniyaga yuborildi.


 

2007-yil 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasining milliy radiomonitoring tizimini kengaytirish doirasida Sirdaryo viloyati EMMXga “Volkswagen” avtomobiliga o‘rnatilgan yangi mobil radiomonitoring stansiyasi topshirildi.


 

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati EMMX “Rohde&Schwarz” kompaniyasining eng yangi zamonaviy olib yuruvchi olchov asboblari bilan jihozlandi.

 


 


 

 Natijada Sirdaryo viloyatida o‘tkaziladigan radiomonitoring tadbirlari, sifat nuqtayi nazaridan, yanada yuqori darajaga ko‘tarildi.


 


 

Sirdaryo viloyati EMMX muhandislari tomonidan nafaqat Sirdaryo viloyati hududida, balki Jizzax va Toshkent viloyatlarida ham radiochastota spektrining monitoringi amalga oshirilgan. Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda noqonuniy faoliyat yuritayotgan REVlarni aniqlash va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilgan.


 

2007-yil noyabr oyida Tashbayev To‘lqin Ibragimovich Sirdaryo viloyati EMMXga haydovchi lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

Radiomonitoring olib borish va radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish sohasida “EMMM” DUKda katta ish tajribasiga va chuqur bilimga ega ekanligi inobatga olinib, Sirdaryo viloyati EMMX boshlig‘i I.A.Xojaniyazov 2007-yilning mart oyidan iyun oyigacha Farg‘ona viloyati EMMX boshlig‘i vazifasini bajarish uchun xizmat safariga yuborildi. Shuningdek, 2007-yilning noyabr oyidan 2008-yilning may oyiga qadar I.A.Xojaniyazov Samarqand texnik radionazorat stansiyasi boshlig‘i vazifasini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan.

2009-yilda I.A.Xojaniyazov O‘zbekiston Respublikasi Aloqa ma’muriyati delegatsiyasi a’zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hududlarida televidenie va radio uzatkichlari signallarining qamrov hududini aniqlash uchun hamkorlikdagi o‘lchov ishlarida faol ishtirok etgan.


 


 

2009-yilda “Radiochastotalardan, REV va YChQdan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish nazariyasi va amaliyoti” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash uchun Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S. Raimdjanov “EMMM” DUK vakillaridan iborat guruh tarkibida professor M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga o‘qishga yuborildi.


 


 

2009-yilda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yangi RNP (Radionazorat punkti) qurildi. RNPda o‘rnatilgan zamonaviy monitoring tizimi radiochastota spektrini kechayu-kunduz kuzatish imkonini berdi.


 

Sirdaryo viloyati EMMXda yuqori malakali kadrlarning soni oshdi, ya’ni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bitiruvchilari RNP radiooperatorlari lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2009-yil iyun oyida Sarbayev Zoxid Sulaymonovich Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 


 

2009-yil avgust oyida Mexmonov Abror Abbosxonovich Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 


 


 

Radiomonitoring tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida 2011-yildan 2012-yilgacha Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov “EMMM” DUKning Toshkent texnik radionazorat stantsiyasiga (TRNS) xizmat safariga yuborilgan.

2011-yil may oyida Xalmurzayev Aziz Taxirovich Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2011-yil may oyida Ostonaqulov Ozodjon A’zamqulovich Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2011-yil may oyida Xorazm viloyati EMMXning 2-toifali muhandisi Kuryazov Yusufboy Alimboyevich Sirdaryo viloyati EMMXga 2-toifali muhandis lavozimiga o‘tkazildi.


 

Ushbu lavozimda Y.A.Kuryazov 2021-yil mart oyigacha ishlagan va keyinchalik “EMMM” DUKning Radionazorat va texnik rivojlanish xizmatiga ishga o‘tkazilgan.


 

2016-yil fevral oyidan aprel oyigacha Sirdaryo viloyati EMMXning 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov Jizzax viloyati EMMX boshlig‘i vazifasini bajarish uchun xizmat safariga yuborilgan.


 

2017-yil may oyida Jo‘rayev Jamol Nurboy o‘g‘li Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 


 


 

2017-yil 27-noyabrdan 4-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiruvchi soha korxona va tashkilotlaridan bir guruh vakillar “O‘zbekiston-Germaniya” do‘stlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan sayohat safariga asosan Evropa davlatlariga tashrif buyurishdi. Ko‘pyillik halol mehnati, korxona rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi inobatga olinib Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i - Xojaniyazov Ilhambay Axmedovichga ham Evropa davlatlariga O‘zbekiston delegasiyasi tarkibida xizmat safarini amalga oshirish nasib etdi.


 

Shuni ta’kidlash kerakki, Sirdaryo viloyati EMMXning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga katta e’tibor qaratildi, xodimlarning qulay sharoitlarda ishlashi va radiochastota spektridan foydalanuvchilarga sifatli xizmat ko‘rsatilishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratildi.


 

2021-yil 29-avgustda milliy radiomonitoring tizimini kengaytirish doirasida Sirdaryo viloyati EMMXga “Volkswagen” avtomobiliga o‘rnatilgan ikkinchi yangi mobil radiomonitoring stansiyasi topshirildi.


 

Yangi mobil radiomonitoring stansiyasi viloyat hududida REVlarning elektromagnit moslashuvini ta’minlash va radiochastota spektrini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun mustahkam asosdir.


 

2021-yil dekabr oyida Sirdaryo viloyati EMMXda uzoq yillar davomida ishlagan haydovchi Xodjaev Berdali Yuldashevich nafaqaga chiqdi. Fidokorona mehnati va telekommunikatsiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Berdali aka “O‘z kasbining ustasi” unvoniga sazovor bo‘lgan.


 


 

2022-yil yanvar oyida Xodjayev Mirvoxid Berdaliyevich Sirdaryo viloyati EMMXga haydovchi lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

2022-yil may oyida Turg‘unov Shaxzod Vali o‘g‘li Sirdaryo viloyati EMMXga radiooperator lavozimiga ishga qabul qilindi.


 

Bugungi kunda Sirdaryo viloyati EMMXning ahil jamoasi korxonamizning yanada rivojlanishi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.


 

Faylni tanlang