Soha yangiliklari

IT Park Latviyaning Shipleart kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) va Latviyaning Shipleart (AP Holding) kompaniyasi Oʻzbekistonda startaplarni amalga oshirish uchun moliyalashtirishni jalb etishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladi. Mazkur memorandum Toshkentda O‘zbekiston-Latviya biznes-forumi doirasida imzolandi. Hujjatning asosiy maqsadlaridan biri Yevropa mamlakatlari va Oʻzbekistonda IT bozori hamda biznes-jarayonlarni oʻzaro ilgari surishdir. Aytish joizki, IT-Park so‘nggi yillarda boshqa mamlakatlarga xizmatlar eksportini oshirib bormoqda. 2021-yilda IT mahsulot va xizmatlarining eksport hajmi 2020-yilga nisbatan uch baravarga oshirildi va 40 million dollarni tashkil etdi. 2022-yilda ushbu ko‘rsatqichni ikki barovarga oshirish, 2028-yilda esa bir milliard dollargacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Faylni tanlang