IT Park Uzbekistan Imtiyozlar dasturi doirasida rezident kompaniyalar IT Park University dasturlarida maxsus chegirmalarga ega bo‘lishlari mumkin.

Bakalavriat (4 yil) yo‘nalishlarida:
• Dasturiy ta’minot muhandisligi (Software Engineering);
• Kiberxavfsizlik (Cybersecurity).
Mazkur dasturlar uchun 25 foizgacha chegirma taqdim etiladi.
agistratura (16 oy) yo‘nalishlarida:
• Loyihalarni boshqarish va sun’iy intellekt (Project Management & AI);
• Axborot xavfsizligi (Information Security);
• Dasturiy ta’minot muhandisligi (Software Engineering).
Ushbu dasturlar uchun 13 foizgacha chegirma amal qiladi.
Barcha ta’lim dasturlari 100 foiz onlayn formatda tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilarga o‘qishni ish faoliyati bilan birga olib borish imkonini beradi.
Bitiruvchilar ikki diplomga ega bo‘ladilar:
• O‘zbekiston Respublikasining davlat namunasidagi diplomi;
• Graduation Diploma (USA).
Murojaat uchun: +998 55 503-99-99
Batafsil ma’lumot: https://itpu.uz
IT Park Loyalty Program imkoniyatlaridan foydalanib, jamoangizning bilim va salohiyatini xalqaro darajaga olib chiqing.