Soha yangiliklari

IT Park Universityda o‘qish uchun 10 ta ta'lim granti e’lon qilindi

Biz IT Park University abituriyentlari uchun Axborot Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi grantini e’lon qilishdan mamnunmiz. Eng yaxshi 10 nafar talaba ITPUda ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Grant olish uchun 30-sentabrgacha quyidagi amallarni bajarish kerak: 1. Hujjatlarni ITPUga topshiring (itpu.uz) 2. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldiring: https://bit.ly/3LrDk80 ATKRV granti uchun tanlov mezonlari: – Ingliz tilini bilish darajasi  – Attestatdagi o‘rtacha ball – Motivatsion xat (faqat ingliz tilida) – IT sohasidagi turli mukofotlar / yutuqlar / sertifikatlar Eng munosib talabalar ATKRV tomonidan ITPUda ta’lim grantiga ega bo‘lishadi. Qo‘shimcha ma’lumot itpu.uz saytida yoki tel: +998 55 503 99 99
Faylni tanlang