Soha yangiliklari

IT Park va Huawei kompaniyasi hamkorlikda tashkil etilayotgan BPO markazi ko‘zdan kechirildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida IT Park va Huawei kompaniyasi hamkorlikda tashkil etilayotgan BPO markazini ko‘zdan kechirdi. Vazir Sherzod Shermatov O‘zbekistonda birinchi bor quyosh energiyasi orqali ishlaydigan BPO markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Mazkur markazda 30 nafar yoshlar xorijiy mijozlarga BPO xizmatlarini ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, Termiz shahrida tashkil qilingan BPO markaz “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filialining foydalanilmay turgan qismida tashkil qilingan bo‘lib, 10 kW quvvatli quyosh energiyasi panellari bilan ta’minlangan.  Mazkur BPO markazlarini birgalikda ochish loyihasi AKT vazirligi va Huawei o‘rtasida 2022-yil mart oyida Barselonada erishilgan kelishuvlar doirasidagi hamkorlikning davomi, shuningdek, Huawei va IT Park o‘rtasida 2022 yil yanvar oyida imzolangan memorandumda belgilangan rejalarni amalga oshirishdir.
Faylni tanlang