Soha yangiliklari

IT sohasiga qiziqqan 20 nafar yoshlar dasturlashga bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli maktabda yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

sliderUnda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Zafar Nurmatov, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinovlar ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuvdan asosiy maqsaq – imkoniyati yetarli bo‘lmagan, biroq qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga dasturlashni bepul o‘rganishlari uchun yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Uchrashuvda o‘quvchilarga bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida kelgusida yetuk kadrlar bo‘lib shakllanishlari kerakligi haqida aytib o‘tdilar.

Uchrashuv yakunida 20 nafar o‘quvchi yoshlarga Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida bepul ta’lim olish uchun vaucherlar topshirildi.

Faylni tanlang