Soha yangiliklari

IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilingani qayd etildi

Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.  Buning uchun: - kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT arxitektorlari, operatorlari va muhandislari kerakligi; - hududlarda yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish lozimligi; - xorijiy IT kompaniyalar ko‘payishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarurligi; - zamonaviy IT kasblarga o‘qitish tizimini yaratish kerakligi; - aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur bo‘lgan kamida 200 ta yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
Faylni tanlang