Soha yangiliklari

Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot-anjumani oʻtkazadi

2019-yil 16-mart soat 12.00 da Toshkent shahridagi Inha universiteti OAV vakillarini “2019-2020 oʻquv yiliga qabul qilishning yangi shartlari” mavzuidagi matbuot-anjumaniga taklif etadi.

Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan delegatsiya hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati qabul jarayonining muhim oʻzgarishlari haqida batafsil soʻzlab beradi. Jumladan, hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va byudjet asosidagi kirish imtihonlari, chet ellik abituriyentlar uchun imtiyozlar, shuningdek, magistratura ochilishi, yangi grantlar va yoʻnalishlar haqida soʻz yuritiladi.

Tadbir oʻtkaziladigan joy: Ziyolilar koʻchasi, 9-uy manzilidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang