"EMMM" DUK yangiliklari

INDUSTRIAL RADIOXALAQITLARNING BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN MANBALARINI O‘LCHASH ISHLARI.

Axborot texnologiyalari sohasi rivojlanayotgan hozirgi zamonda sifatli radioaloqaga salbiy ta’sir qiluvchi ko‘plab radioxalaqitlar uchraydi.

Industrial radioxalaqitlar shular jumlasidan bo‘lib, radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlardir.

Radiochastota spektrini industrial radioxalaqitlardan himoya qilish va ularni oldini olish bo‘yicha ishlar “EMMM” DUK (va viloyat EMMXlari) tomonidan amalga oshiriladi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan viloyat hududida radiochastota spektrini industrial radioxalaqitlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan manbalaridan himoya qilish maqsadida muntazam ravishda radiomonitoring va o‘lchov ishlari olib borilmoqda.

Xususan viloyatdagi transformator nimstansiyalari va yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridagi industrial radioxalaqitlarning mumkin bo‘lgan manbalariga qo‘yiladigan talab va me’yorlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan davlat standartlari talablariga mosligi bo‘yicha o‘lchash ishlari olib borildi.

Surxondaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandisi Nizamov X.

Faylni tanlang