"EMMM" DUK yangiliklari

Xalqaro avtomobil yo‘llari va temir yo‘llardagi mobil aloqa va internet qamrovi o‘rganilmoqda

Joriy yilning 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan soha korxona tashkilotlari va ularning hududiy bo‘linmalari va mobil aloqa operatorlari vakillari bilan mobil aloqa operatorlarining 2022-yilda amalga oshirilgan ishlari va 2023-yildagi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish rejalarining shakllantirilishiga oid kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mobil aloqa va internet qamrovining bugungi kundagi holati tahlil qilindi, ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining sifati pastligi va bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator chora tadbirlar bo‘yicha tegishli korxonalarga topshiriqlar berildi. Jumladan, Vazirlikning hududiy sho‘balari, O‘zkomnazorat va “EMMM” DUK bilan birgalikda xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarda mobil aloqa qamrovi holatini o‘rganish ishlarini o‘tkazish va Vazirlikka batafsil ma’lumot taqdim etish kabi topshiriqlar berildi.

 

 

 

Vazirlikning mazkur topshirig‘igi ijrosi yuzasidan tegishli ishlar boshlab yuborildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan A-380 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan o‘tuvchi qismida va temir yo‘llarda mobil aloqa va internet qamrovining bugungi kundagi holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu o‘rganishlar davomida olingan ma’lumotlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib Vazirlikning hududiy sho‘balariga va mobil aloqa operatorlariga taqdim qilinadi. Bu esa kelajakda respublika hududidagi mobil aloqa va internet qamrovi va sifati yetarli darajada bo‘lmagan manzillarga yangi tayanch stansiyalar o‘rnatilishi va aholini sifatli mobil internetga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi T.Asamatdinov

Faylni tanlang