"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida mobil aloqa qamrovini o‘rganish

Keyingi yillarda davlatimiz tomonidan O‘zbekistonning turizm salohiyatini jahon miqyosida targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining boy madaniy merosi va sanʼati, o‘ziga xos go‘zal meʼmorchiligi hamda tabiati bilan ajralib turadi.

Shu jumladan, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatimizda davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar ham olib borilmoqda va bu o‘z navbatida, turistik maskanlarda hamda respublikamizning barcha shahar va uzoq qishloq joylarda aholini mobil aloqa, internet xizmatlari bilan to‘liq hamda sifatli qamrab olish zaruratini tug‘dirmoqda.

Yurtimizdagi turistik maskanlarda, xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarda va olis qishloq joylarda mobil aloqa va internet qamrovini o‘rganish hamda tahlil qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan radiomonitoring ishlari amalga oshirildi.

Radiomonitoring natijasida olingan ma’lumotlar tegishli tartibda tahlil qilinib hududimizdagi mobil aloqa, internet xizmatlari bilan to‘liq hamda sifatli qamrab olish bo‘yicha takliflar vazirlikning hududiy boshqarmasiga taqdim qilinmoqda.

 

QR EMMX 1-toifali muhandisi N.Narimov

Faylni tanlang