"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa bo‘yicha murojaatlar o‘rganib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasidan va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasidan kelgan xatlarga asosan Buxoro viloyati hududida mobil aloqa qamrovini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi. Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida mobil aloqa qamrovining o‘lchov ishlari o‘tkazildi va natijasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasiga taqdim etildi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang