"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax shahrida noqonuniy ravishda foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Joriy yilning noyabr oyida Jizzax viloyati EMMX va Jizzax shahar IIB xodimlari tomonidan “REV va YuChQlarni Jizzax  viloyati hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2024-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Jizzax shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir jarayonida Jizzax shahri Zargarlik MFY hududida  joylashgan  umumiy ovqatlanish maskanlarida 5 dona  REVdan noqonuniy ravishda foydalanilayotganligi  aniqlandi va barchasiga bayonnomalar rasmiylashtirilib, Jizzax shahar IIB xodimi tomonidan vaqtinchalik olib qo‘yildi. Ushbu holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tomonidan MJTKning 152-moddasiga asosan ma’muriy ish yuritilishi belgilab olindi.

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMM xizmati 1-toifali muhandisi B.B.Raximov

Faylni tanlang