"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyati EMMX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida davlat tomonidan tartibga solib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 499-son qarorining 3-ilovasi “Industrial radioxalaqitlardan radiochastota spektrini himoya qilish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan 2023-yil iyul oyi uchun tuzilgan reja boʻyicha Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan industrial radioxalaqitlar tarqatishi mumkin bo‘lgan manbalarning o‘lchov ishlari olib borildi. 

Jizzax viloyati IIB YHXB xodimlari bilan Jizzax viloyati G’allaorol tumanidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-39 magistral avtomobil yo‘lida joylashgan “Sangzor-15” nomli blok-postda hamkorlikda tadbir o‘tkazildi. 

Tadbir davomida avtotransport vositalaridan chiquvchi industrial radioxalaqitlar Oʻz DSt 1186:2008 “O‘ziyurar vositalar, motorli qayiqlar va ichki yonuv dvigatelli vositalardan kelib chiqadigan industrial radioxalaqitlar”  talablari bo‘yicha amaldagi me’yorlarga muvofiqligi o‘lchandi.

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang