"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyati IIB qoshidagi akademik litseyda tashkil etilgan o‘quv seminari

Joriy yilning 22-may kuni Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi akademik litseyi binosida o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qaroriga muvofiq o‘tkazildi.

O‘quv-seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad 2023-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish va ulardan foydalanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

 

O‘quv seminarida Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, YHXB, litsey o‘quvchilari hamda O‘zkomnazorat inspeksiyasining Jizzax viloyat hududiy sho‘basi xodimlari ishtirok etishdi.

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.B.Ashirmatov

Faylni tanlang