"EMMM" DUK yangiliklari

Jizzax viloyati IIBda o‘quv seminari tashkil etildi

Joriy yilning yanvar oyida tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan Jizzax viloyat IIB binosida Jizzax viloyati EMMX xodimlari tomonidan navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi. 

O‘quv-seminarida IIB xodimlariga “EMMM” DUK faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25- dekabridagi “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil                        22-dekabrdagi  “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-son qarori va shu qarorga 3-son bilan ilova qilingan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish(berish), sotish va(yoki) o‘rnatish(qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tanishtirildi. 

O‘quv seminari davomida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi: Jizzax viloyati EMMX 1-toifali muhandisi M.Ashirmatov

Faylni tanlang