Soha yangiliklari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida kadrlar o‘zgarishi

2017 yilning 2 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisi etib tayinlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi farmoniga asosan, Shermatov Sherzod Xotamovich Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Vazirlik jamoasi X.M. Mirzohidovga mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishdagi ulkan mehnati, vazirlik jamoasi hamda soha muassasalarining hamjihat faoliyatlarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildiradi.

Muallif: Axborot xizmati
Faylni tanlang