Soha yangiliklari

Frilanserlar soliqlarni qanday to'laydi

Frilanser o‘zini-ozi band qilgan shaxs maqomini olish uchun ariza berishi mumkin va har yili BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 1 barobari miqdorida frilanserning o‘zi ijtimoiy soliq to‘lab boradi. E’tibor bering bu jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘i emas. O‘zini-ozi band qilgan shaxs maqomi sizga banklardan kredit olish hamda keksalik davri uchun nafaqa olish imkoniyatlarini beradi. O‘zini-ozi band qilgan shaxs maqomini olish Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan borgan holda, “Soliq” mobil ilovasi yoki YaIDXP (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali onlayn tarzda ariza topshirishlari mumkin. O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar to‘g’risidagi barcha ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.12.2020 yildagi 806-son qarorida to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin.
Faylni tanlang