EMMM yangiliklari

Kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 22-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda korxona rahbari Mansurov Rustam Pulatovich, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi raisi Ishanxodjayev Asror Aslanovich, kasaba uyushmasi faollari hamda mehnat jamoasi vakillari ishtirok etdi.

photo2025-04-2409-43-40.jpg

Konferensiyada kasaba uyushmasining so‘nggi yillardagi faoliyati tahlil qilinib, bajarilgan ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning hal etilishi, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish borasidagi yutuqlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi.

photo2025-04-2409-43-47.jpg

“EMMM” DUK kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025 -yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati yakunlari va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida Abidxodjaeva M.I. ma’ruza qildi.

photo2025-04-2409-43-52.jpg

Unda, hisobot davrida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularning dam olishlari, salomatligini tiklash, madaniy hordiq chiqarishlari uchun bir qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

photo2025-04-2409-43-57.jpg

Kun tartibining 2 qismida Maxsumov Sh. tomonidan “EMMM” DUK boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti taftish komissiyasining hisoboti berildi.

photo2025-04-2409-44-03.jpg

photo2025-04-2409-44-41.jpg

Shuningdek, konferensiyada yangi saylov masalalari ham ko‘rib chiqildi. Konferensiya kun tartibiga asosan, kasaba uyushmasi raisi, qo‘mita a’zolari, taftish komissiyasi a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. 

photo2025-04-2409-44-08.jpg

Kasaba uyushmasi raisi deb ko‘p ovozlar bilan Litvinova V.V. tanlandi.

photo2025-04-2409-44-13.jpg

photo2025-04-2409-44-28.jpg

Tadbir yakunida kasaba uyushma tashkilotining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash va jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish borasida tizimli ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

photo2025-04-2409-44-19.jpg

photo2025-04-2409-44-23.jpg

Faylni tanlang