Yurtimizda “Keksalar haftaligi” doirasida nuroniylarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni yanada oshirish, ularning hayotiy tajribasidan yosh avlodni tarbiyalashda samarali foydalanish maqsadida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarga muvofiq, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida ham “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” degan bosh g‘oya asosida qator tashabbuslar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan, “Keksalar haftaligi” doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan, korxonada uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan faxriy xodimlarimiz uchun “Keksalar uchun turizm oyligi” tashkil etildi.

Ushbu tadbir “EMMM” DUK Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan amalga oshirilib, nuroniy xodimlarimiz uchun sog‘lomlashtiruvchi va madaniy hordiq vazifasini o‘tovchi sayohat uyushtirildi.
Korxonaning bir guruh mehnat faxriylari “Oq tosh” dam olish maskaniga yuborilib, ular uchun qulay sharoitlar yaratildi, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun turli madaniy-ma’rifiy dasturlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbus keksalarga bo‘lgan yuksak e’tibor va minnatdorlik ifodasi bo‘lib, ularning umr yo‘llari, mehnatdagi fidoyiligi va korxona rivojiga qo‘shgan hissasini yodga olish, yosh xodimlar uchun esa ibrat manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
