“EMMM” DUKning 2024-yil 27-sentabrdagi 20-F-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida 2024-yilning 6-noyabr kuni korxonamizda uzoq yillar davomida ishlab nafaqaga chiqqan bir guruh ustozlar va mehnat faxriylari ishtirokida bir piyola choy ustida davra suhbati hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bunday tadbirlarni tashkillashtirish yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir. Ustozlarimiz sogʻ-omon boʻlib, uzoq yillar tinch va farovon yurtda davr-u davron sursinlar!
Bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lgan faxriylar yurtimizga tunchlik, farovonlik va korxonamizga baraka tilab duo qilishdi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 2-toifali muhandisi B.B.Djaniyev