"EMMM" DUK yangiliklari

“Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat”

Joriy yilning 7-oktyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, korxonaning taraqqiyotiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan mehnat faxriylari uchun “Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat” g‘oyasi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

photo2025-10-0815-34-35.jpg

photo2025-10-0815-34-39.jpg

Tadbir avvalida mehnat faxriylari samimiy kutib olinib, ular uchun korxona rahbariyati tomonidan tashkil etilgan iliq suhbat va choy ustidagi muloqot bo‘lib o‘tdi. 

photo2025-10-0815-34-45.jpg

photo2025-10-0815-34-50.jpg

photo2025-10-0815-34-54.jpg

Shundan so‘ng faxriylar korxonaning majlislar zaliga taklif etilib, xodimlar ishtirokida samimiy davra suhbati tashkil etildi. Unda faxriylar o‘z faoliyati davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, mehnatdagi esda qolarli lahzalari va korxonaning shakllanish jarayonidagi qiziqarli voqealar haqida so‘z yuritishdi. Rahbariyat esa ularning xizmatlarini yuksak qadrlab, faxriylar bilan bugungi korxona faoliyati, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi rejalar haqida fikr almashdi. 

photo2025-10-0815-35-00.jpg

photo2025-10-0815-35-05.jpg

photo2025-10-0815-35-10.jpg

photo2025-10-0815-35-15.jpg

Mazkur tadbir keksalarga hurmat ko‘rsatish, ularning mehnatini e’tirof etish maqsadida tashkil etilgan  “Keksalar haftaligi“ doirasida o‘tkazildi.

photo2025-10-0815-35-20.jpg

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK jamoasi faxriylarning korxona taraqqiyotidagi hissasini yuksak e’tirof etar ekan, ularning har biriga sog‘lik, uzoq umr va oilaviy tinchlik tiladilar. Tadbir nihoyasida faxriylar uchun Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi hamda samimiy suhbat va iliq muhit bilan tadbir yakunlandi.

photo2025-10-0815-35-25.jpg

Faylni tanlang