"EMMM" DUK yangiliklari

Kitob - ma'naviyat sarchashmasi

Jamiyat taraqqiyotida, millat taqdirida o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligi, intellektual salohiyati muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir”. Bu borada Prezidentimizning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusining 4-yo'nalishi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”ga qaratirilgan.

 “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda ham bu borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar doirasida korxona xodimlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yanada yuksaltirish maqsadida 2022-yil 4-aprel kuni G'ofur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada diniy, psixologik, detektiv, tarixiy, bolalar kitoblari va boshqa turli janrdagi kitoblar sotuvga qo‘yildi. Korxona xodimlari kitob yarmarkasida faol ishtirok etdilar hamda nashriyot tomonidan taqdim etilgan 500 dan ortiq kitoblar ichidan o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni sotib oldilar. Xarid qilingan kitoblarning bir qismi hayriya maqsadlariga yo‘naltirildi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.A.Turgunova

Faylni tanlang