"EMMM" DUK yangiliklari

Kitob mutolaasi – bilim va tafakkur sari muhim qadam

Kitob — tafakkur manbai, ma’naviyat ko‘zgusidir. Korxonamiz jamoasi ham ushbu ezgu qadriyatni davom ettirgan holda, bilimli, tashabbuskor va ma’naviy yetuk mutaxassislarni shakllantirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Kitob mutolaasi esa bu yo‘lda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda kitob mutolaasi har bir tashkilot va jamoa taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, korxonamizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarli holatdir.

photo2026-03-0217-30-27.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ PQ-9-son qaroriga muvofiq  korxonamizda ham muntazam ravishda kitob mutolaa soatlari tashkil etilmoqda. Bu jarayonda xodimlar o‘z kasbiy yo‘nalishlari hamda shaxsiy rivojlanishlari uchun foydali bo‘lgan adabiyotlarni o‘qib, o‘zaro fikr almashishmoqda.

photo2026-03-0217-30-37.jpg

Shuningdek, korxonada yaratilgan Kitob burchaglarida turli sohalarga oid adabiyotlar jamlangan bo‘lib, ular muntazam ravishda boyitib borilmoqda.

photo2026-03-0217-30-32.jpg

photo2026-03-0217-30-43.jpg

photo2026-03-0217-30-53.jpg

Faylni tanlang