Kitob – ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do‘stlashish kishini nafaqat yuksaltiradi, balki unga jahonni tanitadi, hamrohlik qiladi, ezgulikka yetaklaydi.
Respublikamizda keyingi yillarda kitob targ‘ibotini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni nashr etish, yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish maqsadida qator chora tadbirlar, turli kitob haftaliklari o‘tkazilishi an’anaga aylangan.
Inson aqliy salohiyatining o‘sib borishida kitobning o‘rni beqiyosdir. Boisi, mutolaa orqali kishining dunyoqarashi kengayib, tafakkuri yuksalib boraveradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bugungi kunda kitobxonlik madaniyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, nashriyot uylari tomonidan turli janrlardagi asarlar chop etilmoqda. Bu esa har bir kitobxonga ko‘plab imkoniyatlarni bermoqda.
“EMMM” DUKda ham kitobxonlik madaniyatini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratib kelinadi. Har yili ikki marotaba kitob yarmarkalari o‘tkazib kelinishini bunga birgina misol tariqasida keltirish mumkin.
Joriy yilning 8-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Ma’naviy va ma’rifiy ishlar va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan markaziy apparat xodimlari uchun “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi.
Erta tongdan boshlangan ushbu kitobxonlik tadbirida xodimlar “O ‘ZBEKISTON” nashriyot-matbaasi tomonidan yangi nashr etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlardan xarid qildilar.
Yarmarkada sotib olingan kitoblarning bir qismi an’anaga muvofiq xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.