Joriy yilning 14-may kuni Elektromagnit moslashuv markazida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va xodimlarning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.


Yarmarka “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda badiiy, ilmiy-ommabop, jahon adabiyoti, bolalar ensiklopediyalari hamda sohaga oid turli adabiyotlar namoyish etildi. Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


An’anaga muvofiq, xodimlar tomonidan xayriya maqsadida imkoniyati cheklangan bolalar uchun qiziqarli kitoblar xarid qilinib mehr-muruvvat qutisiga joylandi.
