"EMMM" DUK yangiliklari

Kitob yarmarkasi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida kitobsevarlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Kitob yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yarmarka “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi va Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’ul bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda korxona xodimlari faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida nashriyot tomonidan o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, bolalar uchun qiziqarli asarlar, shuningdek, ilmiy-ommabop hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishdagi kitoblar keng tanlovda taqdim etildi.

Yarmarka davomida xodimlar o‘zlari va farzandlari uchun ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lgan badiiy va ilmiy asarlardan xarid qilib, kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni haqida samimiy fikr almashishdi.

Shuningdek, an’anaga ko‘ra, xayriya uchun ham bir qator kitoblar sotib olindi. Bu esa tadbirga yanada ezgu ma’no bag‘ishladi.

Bunday tashabbuslar kitobxonlik madaniyatini oshirish, xodimlar orasida ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

photo2025-10-0815-54-41.jpg

photo2025-10-0815-54-46.jpg

photo2025-10-0815-54-52.jpg

photo2025-10-0815-55-03.jpg

photo2025-10-0815-55-07.jpg

photo2025-10-0815-55-13.jpg

photo2025-10-0815-55-17.jpg

photo2025-10-0815-55-33.jpg

photo2025-10-0815-55-38.jpg

photo2025-10-0815-55-47.jpg

photo2025-10-0815-55-52.jpg

photo2025-10-0815-55-57.jpg

photo2025-10-0815-56-02.jpg

photo2025-10-0815-56-07.jpg

photo2025-10-0815-56-13.jpg

photo2025-10-0815-56-17.jpg

photo2025-10-0815-56-28.jpg

photo2025-10-0815-56-33.jpg

Faylni tanlang